Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qishki olimpiada o‘yinlarida dastlabki oltin medal egasi aniq bo‘ldi
Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida bo‘lib o‘tayotgan Qishki olimpiada o‘yinlarining dastlabki oltin medali sohibi aniq bo‘ldi. Dastlabki oltin medal ayollar o‘rtasidagi tog‘ chang‘isining skiatlon turida aniqlandi.
Ikkita 7,5 kmdan iborat (dastlab klassik, keyinchalik erkin usuldagi poyga) 15 kmlik skiatlon bahslarida shvetsiyalik Sharlotta Kalla 40 daqiqa 44 soniyadada marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu Sharlottaning olimpiadalardagi uchinchi oltin medaliga aylandi.
Musobaqa favoritlaridan biri bo‘lgan norvegiyalik Marit Byorgen 7,8 soniya ortda qolib ikkinchi, finlyandiyalik Krista Parmakoski (+10,1 soniya) uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid
23:34 / 30.11.2023
2030 va 2034 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlariga Fransiya kurortlari va AQSh mezbonlik qiladi
20:30 / 16.03.2018
Erdo‘g‘an: Turkiya Olimpiada o‘yinlarini qabul qilishga tayyor
22:25 / 09.03.2018
Pyongchang-2018 Paralimpiya o‘yinlari ochiq deb e'lon qilindi (foto)
15:30 / 28.02.2018