Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi ekin ekilmagan yoki obodonlashtirilmagan tomorqa uchun uch barobar yer solig‘i to‘lanadi
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 291-moddasiga Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalarining tomorqa qismiga qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilmagan yoki uni obodonlashtirilmagan hollarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uch barobar miqdorda yer solig‘i to‘lanishini belgilovchi qo‘shimcha kiritildi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi xabar bermoqda.
Mazkur qo‘shimcha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 oktabrdagi PQ-3318-son qarori bilan tasdiqlangan Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularning ekin maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar Dasturining 3-bandidan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 dekabrdagi “Soliq va byudjyet siyosatining 2018 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-454-son qonuni bilan kiritildi.
Mavzuga oid
17:00 / 12.03.2025
Tomorqa – rizq va daromad manbai
21:19 / 07.07.2021
Jismoniy shaxslar YaTT sifatida taksichilik qilganda qancha soliq to‘laydi?
10:06 / 02.07.2021
130ta davlat xalqaro soliq tizimi kiritilishini ma'qulladi
11:27 / 27.06.2021