Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Pingvinlarga tegilmasin”: Xitoy Antarktikada o‘zini to‘g‘ri tutish qoidalarini joriy qildi
Xitoyliklar orasida Antarktikaga sayohat qilish ommalashayotgani sababli Xitoy hukumati bu mintaqadagi ekologiyani muhofaza qilishga qaratilgan qoidalarni joriy qildi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar bermoqda.
Xususan, xitoylik sayyohlarga yovvoyi hayvonlarga ov qilish yoki ularni bezovta qilish, alohida qo‘riqlanuvchi tabiiy zonalarga kirish, toshlar va tuproqni esdalik sifatida yig‘ish taqiqlanadi. Shuningdek, sayyohlar o‘zlari bilan katta o‘lchamli chiqindilarni olib ketishlari yoki ularni maxsus joylarda yoqib yuborishlari kerak bo‘ladi.
Sayyohlarga atrof-muhitga iloji boricha ta'sirni minimallashtirish va tabiatni “o‘z holiga qo‘yish” buyurilgan. Qoidabuzarlarga Antarktikaga 3 yil kelish taqiqlanishi mumkin.
Hozirda Xitoy Antarktikaga keluvchi sayyohlar bo‘yicha faqatgina AQShdan ortda qolmoqda. 2017 yilda mintaqaga 5300 xitoylik kelgan, vaholanki 2005 yilda bu yerga muzliklar, pingvinlar, kit va tyulenlarni ko‘rish uchun bor-yo‘g‘i 100 kishi kelgan.
Ta'kidlanishicha, Pekindan Antarktikaga sayohat 60 ming yuandan (9500 dollar) 130 ming yuangacha turadi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025