Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londondagi aeroport Temzada topilgan bomba sababli yopildi
Londonning yirikligi bo‘yicha 5-raqamli aeroporti “London-Siti” Temza daryosida Ikkinchi jahon urushi vaqtida portlamay qolgan bomba topilgani sababli xavfsizlik nuqtai nazaridan vaqtinchalik yopildi. Bu haqda aeroportda ma'lum qilindi.
“Qirol Georg V nomidagi dokda bomba topilgandan keyin London politsiyasi xavfsizlik nuqtai nazaridan 214 metrlik xavfsizlik hududini tashkil etdi. Natijada “London-Siti” aeroporti ham yopildi”, deb aytilgan aeroport bergan xabarda.
Aeroport ma'muriyati 12 fevralda parvoz qiluvchi yo‘lovchilarga batafsil ma'lumot uchun aviakompaniyalarga murojaat qilishni tavsiya qilgan.
Skotland-Yardda bomba 11 fevralda mahalliy vaqt bilan soat 05.06da topilgani va shundan keyin voqea joyiga mutaxassislar chiqqani ma'lum qilingan. Kechki soat 22.00da hududni o‘rab olish va aeroportni yopishga qaror qilingan.
Mavzuga oid
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
20:51 / 12.05.2025