Jamiyat | 08:54 / 12.02.2018
55692
2 daqiqa o‘qiladi

Paratsetamolning bosh xavfi ma'lum qilindi

Foto: Wikimedia Commons

Paratsetamol dori vositasi jinsiy gormonlarga salbiy ta'sir qilib, bepushtlik yoki homila rivojlanishida nuqsonlar xatarini oshiradi. Bunday xulosaga San-Diyegodagi Human Longevity tashkiloti olimlari kelishdi. Bu haqda The San Diego Union-Tribune nashri ma'lum qildi.    

Tadqiqotda 18 yoshdan katta 455 kishi qatnashgan. Bundan tashqari, tahlilga 1880 nafar yevropalik egizak va afroamerikan yoki ispan ildizlariga ega 1235 kishi tekshirilganda olingan ma'lumotlar kiritilgan. Olimlar metabolizm (moddalar almashinuvi) uchun muhim bo‘lgan 700 ta birikma miqdori o‘zgarishini kuzatishgan.

Aniqlanishicha, barcha guruhlarda paratsetamol qabul qilish bilan bog‘liq neyrosteroid jinsiy gormonlar kamayishi kuzatilgan. Bundagi salbiy effekt organizmning gormonal darajada 35 yil qarishiga teng bo‘lgan, bu esa o‘z navbatida plasenta disfunksiyasi va reproduktiv qobiliyatlarning buzilishiga olib keladi. Bu, shuningdek, asab tizimi kasalliklarga olib keladi hamda homila tushib qolishi yoki homila rivojlanishida nuqsonlar xatarini oshiradi. 

Mavzuga oid