Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubayda avtomatlashtirilgan havo taksisi paydo bo‘ladi
Birlashgan Arab Amirliklarining eng yirik shaharlaridan biri Dubayda avtomatlashtirilgan havo taksisi paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, transportning yangi turi loyihasi mintaqada bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon hukumat sammiti davomida taqdim etildi.
Agentlik xabariga ko‘ra, Dubay Yo‘llar va transport bo‘yicha boshqarmasi loyiha tashabbuskori bo‘lgan, u Germaniyaning Volocopter kompaniyasini g‘oyani amalga oshirish uchun taklif etdi.
«Havo taksisi xavfsizlik va ishonchning yuqori standartlariga javob beradi. Parvoz avtopilot yordamida bajariladi, u GPS-navigator asosida maxsus yo‘nalishlarni dasturlash tizimi yordamida harakatga keladi», - deya ma'lum qilishgan boshqarma vakillari. Ularning ta'kidlashicha, harakat ustidan nazorat qo‘shimcha tarzda operator tomonidan ham amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
00:19 / 28.04.2025
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi
14:36 / 25.04.2025
O‘zbekistonliklar BAAda jinoyat sodir etishi ko‘paygani sababli vizasiz rejim bekor qilinishi mumkin
18:11 / 02.04.2025