O‘zbekiston | 13:40 / 14.02.2018
13809
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda birinchi marta taxograflarni qiyoslash va kalibrlash uskunasi olib kelindi

Foto: Taxograflarni qiyoslash va kalibrlash uskunasi

“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasi tashabbusi bilan kalibrlash va sinov uskunalarni ishlab chiqish va modernizatsiya qilish dasturi doirasida taxograflarni qiyoslash va kalibrlash uskunasini xarid qildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” yozmoqda.

Hozirgi kunga qadar mazkur davlat korxonasi qiyoslash kalibrlash imkoniyatiga ega emas edi. Taxograf — tezlikni, ish tartibini, haydovchilar va ekipajni dam olish uchun mo‘ljallangan, avtotransport bortida ishlaydigan vositalarda nazorat moslamasi vazifasini bajaradi.

“O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasining transport vositalarni analogli, elektronli va raqamli taxograflarni tekshirish va kalibrlashda vaqtni hamda harakatni o‘lchash sohasida metrologik nazoratni ta'minlash imkoniyati yaratildi. Endilikda yo‘l harakati ishtirokchilarining hayoti va sog‘lig‘ini asrash, yoqilg‘i sarfining to‘g‘ri va oqilona hisobini olib borish, shuningdek, umumiy avariya hodisalarini kamaytirishga erishiladi.

Mavzuga oid