2017 yilda yosh sportchilarimiz xalqaro arenalarda 247ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi 2017 yilda erishilgan muvaffaqiyatlar hususisida o‘z hisobotini taqdim etdi. Bu haqda jamg‘arma vakili Kun.uz muxbiriga xabar beradi.
2017 yilda jamg‘arma hisobidan yosh sportchilarimiz dunyoning 34 mamlakatida (Germaniya, Rossiya, Vetnam, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Italiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Tayland, Turkiya, Xitoy, Braziliya, Qirg‘iziston, Ruminiya, Nepal, Singapur, Filippin, Chili, Bolgariya, Belorusiya, Yaponiya, Indoneziya, Gretsiya, Misr, Vengriya, Tayvan, Chexiya, Irlandiya, Hindiston, Estoniya, Moldova, Birlashgan Arab Amirliklari, Lyuksemburg, Malayziya davlatlarida) bo‘lib o‘tgan 66dan ortiq nufuzli musobaqalarda ishtirok etishga muvaffaq bo‘lishdi. Xalqaro musobaqalar sportning 31 turi (armrestling, badiiy gimnastika, badminton, baydarka va kanoeda hamda akademik eshkak eshish, boks, velosport, gandbol, dzyudo, yengil atletika, karate, karlar sporti, ot sporti, og‘ir atletika, paralimpiya turlari, raqs sporti, regbi, sport akrobatikasi va boshqalar) bo‘yicha o‘tkazilgan.
2017 yil mobaynida jami 691 nafar (243 nafari qizlar) o‘quvchi-yoshlar xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etib, jami 595 ta medallar (247 ta oltin, 171 ta kumush, 177 ta bronza)ni qo‘lga kiritib, Vatanimiz dovrug‘ini jahon maydonida yanada yuksakroqqa ko‘tarishga hissa qo‘shishdi.
Shuningdek, jamg‘arma tomonidan 2017 yilda 31 obektda qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilib, yoshlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.
Mavzuga oid
08:10 / 22.11.2024
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
15:25 / 21.11.2024
Hatto sport yordam bermasligi mumkin: uzoq vaqt o‘tirish yurak kasalliklari xavfini oshirishi aniqlandi
14:36 / 07.11.2024
Ta’lim muassasalari o‘quv dasturiga o‘qotar qurollar taktik-texnik tavsiflari amaliy mashg‘ulotlari kiritiladi
20:22 / 21.10.2024