Jamiyat | 18:35 / 15.02.2018
6283
4 daqiqa o‘qiladi

«O‘zstandart» agentligining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda markazi tashabbusi bilan seminar-trening o‘tkazildi

Joriy yilning 13 fevral kuni “O‘zstandart” agentligining Qashqadaryo standartlashtirish va metrologiya boshqarmasi hamda “Qashqadaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasi tomonidan viloyatda mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar, fermer xo‘jaliklari hamda eksportyor korxonalarga “Halol”, “Global G.A.P.” va Organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari xalqaro standartlari bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi. Seminarga O‘zbekiston musulmonlar idorasi hamda  «O‘zstandart» agentligidan ma'sul xodimlar taklif etildi.

Foto:  “O‘zstandart” agentligi

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan aholining sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini ta'minlash, shu bilan birgalikda  qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksporti hajmini yanada ko‘paytirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shuni alohida aytib o‘tish joizki, yurtimizda iqtisodiyotni rivojlantirishda qishloq xo‘jaligining ahamiyati muhim  hisoblanadi. Shu sababli  mazkur sohani rivojlantirish yuzasidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Ma'lumki, prezidentimiz tomonidan 2018 yilni “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qullab-quvvatlash yili”  deb e'lon qilindi hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish masalasiga ham alohida e'tibor qaratilgan.

Foto:  “O‘zstandart” agentligi

Shu maqsadda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, eksportyor korxonalarga keng imkoniyatlar va imtiyozlar yaratish borasida bir qator muhim bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat qarorlari, farmonlari va farmoyishlari qabul qilindi.

Mazkur seminar ham qishloq xo‘jaligi  mahsulotlarini yetishtiruvchi mahalliy fermer xo‘jaliklariga, eksport salohiyatini oshirish va texnik to‘siqlarni bartaraf etishda amaliy ko‘maklashish maqsadida tashkil etildi.

Seminarda viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan  mahsulot  ishlab chiqaruvchi korxonalar,fermer xo‘jaliklari hamda eksportyor korxonalar vakillari ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi “Halol”, “Global G.A.P.” va Organik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari xalqaro standartlari talablari, mohiyati va dolzarbligi yuzasidan malakali mutaxassislar tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.

Foto:  “O‘zstandart” agentligi

Jumladan mazkur xorijiy  standartlarini amaliyotga joriy etishning afzalliklari, hamda ishlab chiqarish korxonalariga, shu jumladan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga mazkur standartni qabul qilish orqali sertifikatlashtirish jarayonlarida belgilangan me'yorlarga amal qilinishi muhimligini alohida ta'kidlab o‘tildi. Shuningdek, xalqaro talablarga mos raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu orqali yurtimizga tashrif buyurayotgan xorijiy sayyohlarni tashrifi ortishiga va ularning talablari yuqori darajada qondirilishiga erishiladi. Yuqoridagi xalqaro standartlar respublikamizda joriy etilishi orqali xorijiy investorlarning mamlakat iqtisodiyotiga investitsiya jalb etishlariga imkoniyat yaratiladi hamda xorijiy musulmon davlatlar va yevropa davlatlari bilan hamkorlikning o‘sishiga erishiladi.

 Mavzuga doir va boshqa masalalar yuzasidan seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan  savollarga tegishli mutaxassis xodimlar tomonidan batafsil javob qaytarildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid