Sport | 11:39 / 15.02.2018
6937
2 daqiqa o‘qiladi

Pyonchang-2018. Bugun o‘ynaladigan medallar

Foto: AP /Gregory Bull

Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida davom etayotgan Qishki olimpiada o‘yinlari bugun davom ettiriladi.

Bugungi bahslarda jami 9ta medallar jamlanmasi o‘ynalishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, ayni vaqtga qadar uchta turda g‘olib va sovrindorlar nomi aniq bo‘ldi. Figurali uchishning jamoaviy bahslarida Germaniya terma jamoasiga teng keladigan raqib topilmagan bo‘lsa, tog‘ chang‘isida norvegiyalik, gigant slalomda esa amerikalik sportchi terma jamoasi hisobiga navbatdagi oltin medallarni taqdim etdi.

Bugun esa kecha o‘tkazilmay qolgan turlar ham davom ettiriladi. Jumladan ayollar va erkaklar o‘rtasida Biatlonda individual poyga musobaqasi g‘oliblari aniqlanadi. Chang‘i poygasida esa ayollar erkin usulda g‘alaba uchun kurash olib borishadi.

Olimpiada-2018
Pyongchang, Janubiy Koreya
15 fevral kuni o‘ynaladigan barcha medallar jamg‘armasi

Figurali uchish
Juftlik bahslari

1. Alyona Savchenko – Bruno Masso (Germaniya)
2. Vengjin Suy – Tsun Xan (Xitoy)
3. Megan Dyuamel – Erik Redford (Kanada) 

Tog‘ chang‘isi
Tezkor tushish
Erkaklar
1. Aksel Lund Svindal (Norvegiya)
2. Ketil Yansrud (Norvegiya)
3. Beat Foyts (Shveytsariya)

Gigant slalom
Ayollar
1. Mikaela Shiffrin (AQSh)
2. Ragnhild Muvinkel (Norvegiya)
3. Federika Brinyone (Italiya)

Snoubord
Erkaklar
Snoubord-kross
Boshlangan vaqti – 7:00

Chang‘i poygalari
Ayollar
10 km, erkin usul
Boshlanish vaqti – 11:30

Biatlon
Individual poygalar
Ayollar – 13:15
Erkaklar – 16:20

Konkida yugurish
10 000 metr
Erkaklar – 16:00

Chana sporti
Aralash jamoaviy bahslar
Boshlanish vaqti – 17:30

Medallar jamg‘armasi bo‘yicha reyting (oltin, kumush, bronza, jami)
TOP-5

1. Germaniya – 8-2-3 (13)
2. Niderlandiya – 5-4-2 (11)
3. AQSh – 5-1-2 (8)
4. Norvegiya – 4-7-3 (14)
5. Kanada – 3-4-4 (11)

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid