Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkish Open-2018: o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar oltin va kumush medalni qo‘lga kiritdi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
14 fevral kuni Turkiyaning Istanbul shahrida 30 dan ortiq mamlakatning 700 dan ziyod sportchilari ishtirok etgan tayekvondo WT bo‘yicha "Turkish Open" xalqaro reyting turnirida O‘zbekiston sharafini 10 nafar sportchi himoya qildi. Ulardan 5 nafari Mudofaa vazirligi sport klubi vakillari edi, deb xabar bermoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Murosasiz kechgan bahslarda shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi Dmitriy Shokin 87 kg.dan yuqori vazn toifasida oltin hamda Qurolli Kuchlar xizmatchisi Nikita Rafalovich 74 kg.gacha bo‘lganlar o‘rtasidagi uchrashuvlarda kumush medaliga sazovor bo‘lishdi.

Mazkur turnirda g‘olib va sovrindorlar 2020 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpia o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritishi uchun qo‘shimcha ballarni yig‘ish imkoniga ega bo‘lishdi. Birinchi o‘rin uchun – 10, ikkinchi o‘rin uchun – 7 va uchinchi o‘rin uchun – 3 ball belgilangan.


Mavzuga oid

11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi

15:00 / 20.05.2025
YeI davlatlari yangi mudofaa jamg‘armasi bo‘yicha kelishib oldi

14:34 / 20.05.2025
YeI va Britaniya mudofaa va savdo hamkorligini tiklaydi

18:33 / 19.05.2025