Jahon | 11:10 / 16.02.2018
5724
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh senati immigratsiya bo‘yicha to‘rtta qonun loyihasini rad etdi

Foto: Reuters

AQSh senati immigratsiya bo‘yicha to‘rtta qonun loyihasini rad etdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Loyihalardan birortasi ham kerakli bo‘lgan 60 ovozni to‘play olmadi. Ko‘rib chiqilayotgan variantlar orasida AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan taklif etilgan qonun loyihasi, shuningdek, Respublikachilar va Demokratlar partiyasi tomonidan birgalikda tayyorlangan loyiha ham bor edi.

Oq uy to‘rtta loyiha muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan so‘ng immigratsiya islohoti muhokamasini AQSh kongressi vakillar palatasiga olib o‘tishni taklif qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda AQSh immigratsiya islohotining ustuvor yo‘nalishlarini ma'lum qilgandi. “Mening ma'muriyatim xavfsiz, zamonaviy va qonuniy immigratsiya tizimini yaratish uchun uchta asosiy ustuvor yo‘nalishni belgilab oldi: chegaraning to‘liq ta'minlanishi, zanjirli migratsiya to‘xtatilishi va viza lotereyasi bekor qilinishi”, deb yozdi Tramp.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid