Jahon | 12:31 / 16.02.2018
10216
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreyada Kim Chen Irning tavallud kuni nishonlanmoqda  

Foto: RIA Novosti / Sergey Guneyev

Shimoliy Koreyada Yo‘l ko‘rsatuvchi yulduz kuni davlat bayrami – sobiq davlat rahbari, amaldagi yetakchi Kim Chen Inning otasi Kim Chen Irning tavallud kuni nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Kim Chen In otasi haykaliga gullar qo‘yish uchun 16 fevralga o‘tar kechasi Pxenyandagi “Kimsusan” maqbarasiga keldi.

Koreya markaziy telegraf agentligining ma'lum qilishicha, Kim Chen In otasi Kim Chen Ir va bobosi – Shimoliy Koreyaning birinchi rahbari Kim Ir Senning jasadlari saqlanuvchi “Kimsusan” maqbarasiga yuqori lavozimdagi siyosiy arboblar va harbiy doiralar vakillari bilan tashrif buyurgan.

Maqbarada Shimoliy Koreyaning sobiq yetakchilariga o‘rnatilgan haykallar poyiga harbiy qorovul tomonidan guldastalar qo‘yilgan.

Kim Chen Ir 2011 yil oxirida vafot etgan, hozir u 76 yoshga to‘lgan bo‘lardi. Kim Chen In hokimiyatni otasidan meros qilib olgan, otasiga esa hokimiyat bobosi Kim Ir Sendan 1994 yilda o‘tgan. Ushbu davlatda oliy rahbariyat otadan o‘g‘ilga meros bo‘lib o‘tadi, chunki o‘g‘il hech qachon otasi vasiyatlarini buzmaydi, deb hisoblanadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid