Mirko Yyelichich O‘zbekiston terma jamoasida ish boshlashi mumkin
Toshkentning «Lokomotiv» klubi murabbiyi sifatida ishlab kelayotgan Mirko Yyelichich O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylar shtabidan o‘rin olishi mumkin. Bu haqda vaziyatdan xabardor manba Tribuna.Uz‘ga ma'lum qilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlangan Temur Kapadze murabbiylari shtabidan «Lokomotiv» murabbiylari Mirko Yyelichich va shuningdek O‘zbekiston terma jamoasi sobiq himoyachisi Andrey Fyodorov ham o‘rin olishi kutilmoqda. Darvozabonlar murabbiyli vazifasini esa Pyotr Gizumchuk bajarishi mumkin.
Hozircha bu borada rasmiy ma'lumot berilmagan. Murabbiylikka tayinlanganidan so‘ng KUN.UZ nashriga intervyu bergan Kapadze murabbiylar shtabini tuzib olish uchun ma'lum vaqt olgani haqida gapirib o‘tgandi.
Ma'lumot uchun, Mirko Yyelichich «Lokomotiv»da bir necha yildan beri ishlab kelmoqda. U klub natijalariga javob beradigan bosh murabbiy sanaladi. Ammo Mirkoning tegishli litsenziyasi bo‘lmagani sababli odatda rasmiy ma'lumotlarda Andrey Miklyayev «Lokomotiv» bosh murabbiyi sifatida qayd etiladi.
Mavzuga oid
11:15 / 08.08.2024
Parij sarguzashtlari - futbolchilar nimadan norozi bo‘ldi?
19:42 / 05.08.2024
«Hammasi Parij aeroportida boshlandi...» – Kapadze Olimpiadagacha yo‘l, muammolar, iste’fo va ta’tilga chiqishi haqida
16:02 / 31.07.2024
«Olimpiada – katta tajriba bo‘ldi». Kapadze Parij-2024 yakunlari, omadsizlik sabablari va turnir xulosasi haqida
18:25 / 06.05.2024