Sport | 20:00 / 18.02.2018
12624
2 daqiqa o‘qiladi

Taxtga qaytgan Norvegiya, biatlondagi super fotofinish. Pyongchangda kun yakunlari

Foto: Reuters

Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida davom etayotgan qishki olimpiada o‘yinlarida navbatdagi kun musobaqalari yakuniga yetdi. Bu kun medallar jamg‘armasida nihoyat «taxt» almashishi sodir bo‘lgan kun sifatida yodda qoldi.

Ikkita yo‘nalishda oltin medallarni qo‘lga kiritgan Norvegiya terma jamoasi umumjamoa hisobida nihoyat Germaniya terma jamoasini quvib o‘tib, birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Norvegiya ikki oltini bilan ham buni uddalay olmasligi mumkin edi. Ammo biatlon bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi mass-startda Marten Furkad faqatgina fotofinish orqali germaniyalik Simon Shempdan oltin medallarni tortib oldi. Bu orqali Furkad to‘rt karra olimpiada chempioni degan nomga sazovor bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Olimpiada-2018
Pyongchang, Janubiy Koreya
18 fevral kuni o‘ynalgan barcha medallar

Tog‘ chang‘isi
Erkaklar
Gigant slalom
1. Marsel Xirsher (Avstriya) 
2. Henrik Kristoffersen (Norvegiya)
3. Aleksis Pinturo (Fransiya) 

Fristayl
Erkaklar
Chang‘ida sloupstayl
1. Oysteyn Braaten (Norvegiya)
2. Nik Goyepper (AQSh) 
3. Aleks Bole-Marshan (Kanada) 

Chang‘i poygalari
Erkaklar
Estafeta
1. Norvegiya
2. Rossiya
3. Fransiya

Biatlon
Erkaklar
Mass-start
1. Marten Furkad (Fransiya)
2. Simon Shemp (Germaniya)
3. Emil Hegle Svensen (Norvegiya)

Fristayl
Erkaklar
Akrobatika
1. Aleksandr Abramenko (Ukraina)
2. Tszya Tszunyan (Xitoy)
3. Ilya Burov (Rossiya)

Konkida yugurish
Ayollar
500 metr
1. Nao Kodaira (Yaponiya)
2. San Xva Li (Janubiy Koreya)
3. Karolina Erbanova (Chexiya)

Medallar jamg‘armasi 
TOP-10

1. Norvegiya – 9 oltin-9 kumush-8 bronza (26)
2. Germaniya – 9-5-4 (18)
3. Niderlandiya – 6-5-2 (13)
4. Kanada – 5-5-6 (16)
5. AQSh – 5-3-2 (9)
6. Shvetsiya – 4-3-0 (7)
7. Avstriya – 4-2-4 (10)
8. Fransiya – 4-2-4 (10)
9. Janubiy Koreya – 3-1-2 (6)
10. Yaponiya – 2-5-3 (10)

Mavzuga oid