INTeRVYu | 13:33 / 19.02.2018
5158
4 daqiqa o‘qiladi

Adweek-2018: bu yil bo‘lib o‘tadigan haftalik yangiliklari nimalardan iborat?

Marketing va reklama sohasining eng yirik tadbiriga aylanib ulgurgan Adweek-2018 haftaligi joriy yilning 26 fevralidan 2 martga qadar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Haftalik doirasida ko‘rgazma, anjuman va Adweek tanlovi kabi tadbirlarning bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. KUN.UZ sayti mazkur haftalik oldidan tashkilotchilar bilan suhbatlashishdi. Xususan, Milliy marketing markazi korxonalar uyushmasi boshqaruvi raisi Diyor Mirzaahmedov Adweek haftaligi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

- Adweek haftaligi ikkinchi marta o‘tkazilyapti. Bu tadbirning paydo bo‘lishiga marketing sababchi bo‘lgan. Bugun hech kim bozor iqtisodiyotini rad etmayapti. U, albatta, bo‘lishi kerak. Chunki usiz mamlakat iqtisodiyoti o‘sishini tasavvur qila olmaymiz. Ammo marketingning ham o‘z o‘rni bor, biz aynan shu sohaga e'tiborni ko‘proq jalb etish uchun mazkur tadbirni tashkillashtirganmiz. 

Bu haftalikning yaxshi bir xususiyati bor – xususiy sektor, davlat sektori ikki tomonlama o‘zaro manfaatli aloqalar shakllanadi. Quvonarlisi ushbu haftalik tashabbusi bilan chiqqanimizda, ko‘pchilik buni qo‘llab-quvvatlab chiqqan, chunki haqiqatan ham bu ko‘pchilik tadbirkorlarga zarur tadbir hisoblanadi.

Yaqinda o‘tkaziladigan haftalikning tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. U bir nechta bosqichda amalga oshiriladi. Xorijlik reklama marketing sohasi mutaxassislari tashrif buyurib, master klass o‘tib berishga va hamkamlar ha'yati sifatida ishtirok etishga rozi bo‘lishgan. 

Diyor Mirzaahmedovning ma'lum qilishicha, ushbu haftalik Milliy marketing markazi tomonidan tashkillashtirilmoqda. Ushbu markaz Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, bir yarim yildan buyon faoliyat yuritmoqda. Markaz marketing va reklama yo‘nalishida ish olib borayotgan korxonalar hamkorligida tashkil etilgan.

- Milliy marketing markazining asosiy maqsadi marketing sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni jalb etib, O‘zbekistonda ushbu sohani rivojlantirish borasida ishlar olib borishdir. 

Har bir ishning boshlanishida, albatta, o‘ziga xos qiyinchiliklar bo‘ladi. Adweek haftaligi ham xuddi shunday bo‘lgan. Quvonch bilan aytishim mumkinki, bu yil o‘tgan yillarga qaraganda mazkur tadbir salohiyati ikki baravar o‘sgan. 

O‘tgan yilgi haftalikda 10 ta yo‘nalish bo‘yicha “Eng yaxshi brend” tanlovi bo‘lgan edi. Ular onlayn sifatida o‘tgan. Odamlar onlayn ovoz berish yo‘li bilan eng yaxshi reklama loyihalari va eng yaxshi brendlarni tanlagan edi. Bu usulning o‘ziga xos murakkabliklari va kamchiliklari bor, shu bois biz bu galgi haftalik doirasida bu variantdan voz kechdik. Bu safar tanlovlar g‘oliblarini mutaxassislardan tashkil topgan hakamlar hay'ati aniqlab beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid