Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokioda 5,9 milliard dollarlik yog‘ochli osmono‘par bino quriladi
Yaponiyaning Sumitomo Forestry kompaniyasi 2041 yilgacha dunyodagi eng baland yog‘ochli osmono‘par bino qurishni rejalashtirmoqda. U shu tariqa o‘zi ta'sis etilganligining 350 yilligini nishonlash istagida, deb xabar bermoqda Bi-bi-si.
Jahonda yuqori sifatli yog‘ochni yetkazib berish bo‘yicha eng yirik kompaniya bayonotiga ko‘ra, W350 nomli ushbu binoda 70 ta qavat bo‘ladi.
Uning massasidan faqat 10%i temir konstruksiyalar hissasiga to‘g‘ri keladi, qurilishda 180 ming kub metr yog‘och ishlatiladi. Faqat yapon daraxt turlari tanlab olinadi.
Binoning barcha perimetri bo‘ylab balkonlar nazarda tutilgan, u yerda bog‘lar barpo etiladi.
Binoda qariyb sakkiz mingta kvartira bo‘ladi. Balandligi 350 metr bo‘lgan po‘lat karkas diagonal cho‘ziluvchanligi tufayli seysmik barqarorga aylanadi.
Shuningdek, osmono‘par binoda muassasalar, do‘konlar va mehmonxonalar ham joylashadi.
Loyiha qiymati qariyb 600 milliard iyena (5,9 milliard dollar)ni tashkil etadi, bu taxminan shu o‘lchamdagi an'anaviy osmono‘par bino qurilishidan ikki barobarga ko‘p.
Shunga qaramay, Sumitomo kompaniyasi muhandislik texnikasi va qurilish usullari muntazam takomillashtirilishi sababli ushbu loyiha uchun sarf-xarajatlar pasayishini va'da qildi.
Hozircha dunyoda eng baland yog‘och bino Vankuverdagi 53 metr keluvchi talabalar yotoqxonasidir.
Mavzuga oid
21:21 / 06.04.2025
Allergiya belgilarini yengillashtirishga yordam beradigan tabiiy modda aniqlandi
13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam
17:22 / 13.01.2025
Dubayda ikki osmono‘par bino tomdagi basseyn orqali bir-biriga tutashtirib quriladi
15:05 / 04.01.2025