Sport | 03:17 / 21.02.2018
13611
2 daqiqa o‘qiladi

YeChL. "Bavariya" 10 kishi qolib ketgan "Beshiktosh"ga 5ta gol urdi

Foto: EPA

Myunxenda Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida kechgan "Bavariya" – "Beshiktosh" uchrashuvi mezbonlarning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

16-daqiqada mehmonlar himoyachisi Vida qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 

Uchrashuvdagi ilk birinchi bo‘lim yakunlanishiga 2 daqiqa qolganida Myuller tomonidan kiritildi. Ikkinchi bo‘limning 7-daqiqasida Koman oradagi farqni oshirdi. Oradan 14-daqiqada o‘tib, Myuller dublga erishib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Levandovski ham 79- va 88-daqiqalarda o‘z hisobiga 2ta gol yozib qo‘ydi va hisobning 5:0 bo‘lishini ta'minladi. 

Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 14 mart kuni Istanbulda bo‘lib o‘tadi.

Chempionlar ligasi, 1/8 final
Ilk o‘yin

Bavariya Germaniya – Beshiktosh Turkiya 5:0 (1:0, 4:0)
Gollar:
1:0 – 43 Myuller, 2:0 – 52 Koman, 3:0 – 66 Myuller, 4:0 – 79 Levandovski, 5:0 – 88 Levandovski.
Bavariya – Ulrayx, Kimmix, Boateng, Xummels, Alaba, Xames (Robben, 44), Martines, Vidal (Tolisso, 83), Myuller, Levandovski, Koman (Riberi, 81).
Beshiktosh – Fabrisio, Adriano, Pepe, Vida, Erkin (Genyul, 69), Medel (Arslan, 85), Xatchinson, Kuarejma, Taliska, Babel, Vagner Lav (Toshich, 57).
Ogohlantirishlar: Kuarejma (33), Levandovski (38), Pepe (62).
Chetlatish: Vida (16).

Mavzuga oid