Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA Saudiya Arabistonini JCh-2018’ga qo‘ymasligi mumkin – OAV
FIFA Saudiya Arabistoni va Qatar o‘rtasidagi siyosiy ixtilofdan tashvish bildirmoqda va u bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra Saudiya Arabistonini 2018 yilgi jahon chempionatiga qo‘ymasligi mumkin. Bu haqda As nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoniga sanksiyalar qo‘llanishi mumkinligiga mamlakat rahbariyatining futbolga aralashayotgani hamda qirollikning Osiyo Chempionlar ligasi doirasida Qatar klublarini qabul qilish hamda o‘z klublarini Qatarga yuborishdan bosh tortayotgani sabab bo‘lishi mumkin.
Ta'kidlanishicha, FIFA vaziyatning borishi ortidan kuzatmoqda va “futbolning siyosiylashtirilishi bilan bog‘liq xatti-harakatlar”ning takrorlanmasligini istamoqda.
2017 yil 5 iyunda Saudiya Arabistoni,. BAA, Bahrayn, Misr va bir qator boshqa davlatlar Qatarni terrorchilikda va ularning ichki ishlariga aralashuvda ayblab, u bilan diplomatik aloqalarni uzgandi. Shundan keyin Qatarga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar va transport blokadasi joriy qilingan.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
07:50 / 22.05.2025
Pentagon Qatar tomonidan Trampga sovg‘a qilingan samolyotni qabul qildi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
11:45 / 15.05.2025