Sport | 15:53 / 21.02.2018
19293
5 daqiqa o‘qiladi

Futbol olamidan 30 ajoyib iqtibos

«Men aniq bir raqibga qarshi emas, mag‘lubiyatga uchrash xavfiga qarshi o‘ynayman» 
(Erik KANTONA)
«2006 yilning 9 iyulida tushlikdan keyin biroz uxladim. Keyin turib Playstation o‘ynadim. Kechqurun esa, jahon chempioni bo‘ldim» 
(Andrea PIRLO)

«O‘ynashni bilmaydiganlar shug‘ullansin» 
(ROMARIO)
 «Ispaniya chempionati eng kuchli deyapsizlarmi? Lekin Angliyada 100 ochko to‘plashning umuman iloji yo‘q» 
(Joze MOURINO)
«Cho‘qqidagilar o‘sha yerga chiqqanlar, osmondan qulab tushmaganlar» 
(XAVI)
«Manchini ba'zida meni urmoqchi bo‘lganini aytadi. Menimcha, mening taycha boks bilan shug‘ullanishimdan xabari yo‘q shekilli 
(Mario BALOTeLLI)


- Sizga «Oltin butsa» topshiriladi. Razmeringiz qanaqa?
– Rostanam oltindan bo‘lsa, 60chi kiyaman. 

(Bill SheNKLI)
«Messi va Ronaldu maydonda ekan, boshqa kimningdir «Oltin to‘p» yutishi imkonsiz» 
(Andrea PIRLO)
«Bir marta 0:5 yutqazish, besh marta 0:1 yutqazishdan yaxshiroq» 
(Joze MOURINO)


«Messida 4 ta Oltin to‘p bormi? Lekin men oyog‘imning tagiga stul qo‘ymasdan turib ham, shkafning tepasidagi shokoladni olishim mumkin»
 (Zlatan IBROHIMOVICh)
«Shayx Mansur juda kam gapiradi. Manchiniga nuqul «Senga yana kimni olib beray, Roberto?», deydi xolos» 
(Mario BALOTeLLI)
«Yaxshiyam hayotda besoqolbozlar bor. Ularni deb bizga ko‘proq chiroyli qizlar qolyapti. 
(Diyego MARADONA)


«Penalti — o‘limga hukm bilan barobar.  Qizig‘i, jallod bir onda qurbonga ham aylanishi mumkin» 
(Franchesko TOTTI)
«Suvsiz bir necha kun yashash mumkin. Lekin umidsiz bir daqiqa ham yashay olmaysan» 
(Bobbi ROBSON)
«Yaxshi futbolchi bir vaqtning o‘zida to‘pni,10 jamoadoshini,11 raqib futbolchisini va yettinchi qatordagi chiroyli qizni ko‘rib turishi kerak»
(Erik KANTONA)
«Menga o‘nta xoda va Zidanni bering, Chempionlar ligasini yutaman» 
(Aleks FeRGYuSON)
«Bekhem boshi bilan yaxshi o‘ynay olmaydi, yaxshi himoyalanishni bilmaydi, chap oyog‘i faqat yurish uchun, lekin boshqa jihatlariga gap yo‘q» 
(Jorj BeST)
 «Mendan yangi Pelelarni uchratdingizmi, deb ko‘p so‘rashadi. Ha, unaqalar ko‘p. Lekin yangi Garrinchani hali uchratganimcha yo‘q» 
(PeLe)
«Everton» shunchalik zerikarli o‘ynaydiki, agar ular derazam ostida o‘ynashganda ham, pardani ochib qarab qo‘ymasdim»
(Bill SheNKLI)
«Natija 99 foiz futbolchilarga bog‘liq. Qolgan 3 foizi esa murabbiyga»

(Ruud GULLIT)
«Hatto Iso Masihni ham yomon ko‘radiganlar bo‘lgan. Men uning oldida kim bo‘libmanki, hamma yaxshi ko‘rsin?» 
(Joze MOURINO)
«Muxlislar hech qachon yomon o‘yinchilarga hushtak chalishmaydi. Agar seni raqib muxlislari yomon ko‘rishadimi, bilgingki, sen zo‘r futbolchisan
(Gari SPID)
«Birinchi bo‘lmoqchimisiz? Unda mashg‘ulotlarni oxirgi bo‘lib tark eting»

(RONALDINO)


«Yechinish xonasida men Ronaldu bilan bitta shkafdan foydalanamiz. Bu qariganimda nevaralarimga so‘zlab beradigan eng yaxshi xotiradir» 
(Raul ALBIOL)
«Milan yoki Madrid? Ochig‘i, menga farqi yo‘q. Ispaniya bo‘lsa bo‘ldi. (Andreas MYuLLeR)
«Men o‘zimni dunyoning eng zo‘r murabbiyi deb hisoblamayman. Lekin mendan yaxshirog‘i ham yo‘q» 

(Joze MOURINO)
«Denis Bergkampning golidan so‘ng, men «Sanderlend» jamoasi murabbiyi ekanligim esimga tushib qolmaguncha, unga qarsak chalaverdim. 
(Piter RID)
«To‘pni ming zo‘r tepsa ham, men jamoamga «erkak» degan nomga loyiq bo‘lmagan o‘yinchini olmayman.
(Yurgen KLOPP)

Mavzuga oid