Fan-texnika | 15:34 / 21.02.2018
10431
2 daqiqa o‘qiladi

Google neyrotarmog‘i yurak kasalligini ko‘z pardasi orqali aniqlashi mumkin

Foto: Global Look Press

Google neyrotarmog‘i maxsus algoritmlar yordamida inson yuragi kasalligini ko‘z pardasi orqali aniqlashi mumkin. Bu haqda noyob algoritmni ishlab chiqish bilan shug‘ullanayotgan Google Verily kompaniyasi blogida xabar berildi.

Ko‘zlarning qon tomirlari tasvirini qayta ishlash dasturga kiritilgan tibbiy tadqiqotlar axborotidan olingan ma'lumotlarni taqqoslash yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chiquvchilarning ta'kidlashicha, Google neyrotarmog‘i bemor tibbiy kartasiga yozib qo‘yilgan davolash hamda tashxis natijalaridan ham foydalana oladi. Shu tariqa, insonning avval boshidan o‘tkazgan kasalliklari, zararli odatlari va yurak-qon tomir xastaliklari rivojini tezlashtiruvchi boshqa omillar haqidagi ma'lumot qon tomirlar holati tahlili hamda kasallikni taxmin etishda foydalanilishi mumkin. 

Mavzuga oid: Yurak xuruji tahdid solayotganidan darak beruvchi 5 belgi

Ekspertlarning iddao etishicha, neyrotarmoq ma'lum bir inson yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lgan xurujlarni boshidan o‘tkaza olishi yoki olmasligini, besh yil davomida 70 foizlik aniqlik bilan taxmin eta oladi.

Mavzuga oid