Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nigeriyada 90 dan ortiq yosh qiz jangarilar hujumidan so‘ng bedarak yo‘qoldi
Nigeriyaning Yobe shtatida “Boko Harom” terrorchilik guruhi jangarilarining hujumidan so‘ng 90 dan ortiq maktab o‘quvchisi bo‘lgan qiz bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Reyter agentligi manbalarga asosan xabar bermoqda.
"Umid qilamanki, mening qizim o‘g‘irlanganlar orasida yo‘q, biz maktabda ro‘yxatdan o‘tkazishda 90 qiz bedarak yo‘qolgani ma'lum bo‘lganini eshitdik", - deya ma'lum qilgan ota-onalardan biri agentlikka.
Dapchi qishlog‘iga hujum dushanba kuni kechqurun yuz berdi. Jangarilar yuk mashinalarida kelishgan va yonlarida yirik kaliberli pulemyotga ega bo‘lishgan. Terrorchilar maktabga yo‘l olib, ichkarida bo‘lgan odamlarni o‘qqa tutishgan. Hujumga guvoh bo‘lganlardan birining ma'lum qilishicha, “uchta Tata avtomobilidagi qizlar yig‘lagani va baqirganini ko‘rgan, ular yordam so‘rashgan”. Mahalliy ma'muriyat qizlar o‘g‘irlanganini rad etmoqda, biroq, manbalar so‘ziga ko‘ra, qidiruv amaliyoti boshlangan.
Mavzuga oid
10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi
18:10 / 20.02.2025
Niderlandiya XV-XIX asrlarga tegishli artefaktlarni Nigeriyaga qaytaradi
13:23 / 27.01.2025
Nigeriya biznesi O‘zbekiston bilan hamkorlikka qiziqish bildirmoqda
01:47 / 19.01.2025