Fan-texnika | 10:37 / 21.02.2018
14273
2 daqiqa o‘qiladi

Telia KCell’ni sotmoqda va Markaziy Osiyodan butunlay ketishi mumkin

Foto: Financial Times.

«Kazaxtelekom» Kcell’ning 75 foizi sotib olinishi tasdiqlanishini kutmoqda. Kompaniya Qozog‘iston Tabiiy monopoliyalar, raqobat va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qo‘mitasiga tegishli murojaat bilan chiqqan, deb yozmoqda The Diplomat.

2018 yilning 1 yanvar kungi ma'lumotlarga ko‘ra, Ksell aksiyadorlik kapitalining 60,4 foizi Telia Company’ga, 14,6% — Turkcell’ga, taxminan 10% — Fridom Finansga va 16% - boshqa institutsional hamda xususiy sarmoyadorlarga tegishli bo‘lgan.

Katta ehtimol bilan, Kazaxtelekom Ksell aksiyadorlik kapitali 75 foizini o‘zida jamlagan Telia Company va Turkcell ulushini xarid qilmoqchi, deb yozadi Spot.uz Profit nashriga asosan.

Shu bilan birga, Telia o‘zining mobil operatsiyalari bilan bir qatorda, Qozog‘iston telekommunikatsiya infratuzilmasidagi boshqa aktivlarni, xususan, Dubai Amun Services’da (optik tolali tarmoq) «Kaztranskom»dagi ulushini sotib yuborishga qaror qilgan.

Qozog‘istondagi eng yirik mobil aloqa operatori Kcell Telia’ning bozordagi korxonasi bir qismi sanaladi, xuddi O‘zbekistondagi Ucell, Tojikistondagi Tcell va Gruziyadagi Geocell kabi.

Telia Markaziy Osiyo bozoridan ketish niyatida ekani haqidagi ma'lumotlar matbuotda 2015 yildan beri paydo bo‘lmoqda.

Mavzuga oid