Jahon | 23:15 / 21.02.2018
35652
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston hukumati 25 ta zirhlangan Mercedes-Maybach’ni sotuvga qo‘ydi

Foto: Mercedes

Turkmaniston prezidenti apparati 25 ta zirhlangan Mercedes-Maybach mashinasini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda “Xroniki Turkmenistana” nashri ma'lum qildi. Mashinalarning sotilishi haqidagi e'lon 19 fevralda mamlakat davlat birjasi saytida paydo bo‘lgan.  

Mashinalar orasida 23 ta S600L sedani, bitta S600 Pullman limuzini va bitta CL600 kupesi bor. 1995 yilda ishlab chiqarilgan mashinalar 25100 dollardan, 2009 yilda ishlab chiqarilganlari esa 75,5 ming dollardan sotilmoqda.

Turkmanistonda bu sinfdagi mashinalar faqat boshqa davlatlar rahbarlari kelgan vaqtda qo‘llangan. Ta'kidlanishicha, prezident Gurbanguli Berdimuxamedov qolgan vaqt boshqa mashinalarda yurishni afzal ko‘radi va ularni shaxsan o‘zi boshqaradi. 

Mavzuga oid