Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston PayPal va AliPay’ga qo‘shiladi
O‘zbekiston PayPal va AliPay’ga qo‘shiladi. Bu O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan nazarda tutilgan.
Hujjat bilan 2018-2019 yillarda AKTni tubdan takomillashtirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi" tasdiqlandi.
Undagi bandlardan biri sifatida “aloqasiz to‘lov texnologiyalaridan, jumladan xalqaro to‘lov tizimlarini (Visa, MasterCard, PayPal, AliPay va boshqalar) qo‘llagan holda keng foydalanishni rivojlantirish va rag‘batlantirish” ham ko‘rsatilgan.
Shuningdek aytilishicha, bu sohadagi normativ baza takomillashtiriladi. Tegishli chora-tadbirlar 2018 yilning 1 iyuniga qadar qabul qilinadi.
Hozircha O‘zbekiston PayPal’ga qo‘shilmagan Markaziy Osiyodagi yagona davlat bo‘lib turibdi, deb yozadi Spot.uz.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025