Sport | 03:40 / 22.02.2018
11186
2 daqiqa o‘qiladi

YeChL. "Roma" safarda "Shaxtyor"ga mag‘lub bo‘ldi

Foto: Twitter/ChampionsLeague

"Shaxtyor" "Roma"ga qarshi kechgan Chempionlar Ligasi 1/8 finalining ilk o‘yinida g‘alaba qozondi. "Metallist" stadionida kechgan o‘yinda mezbonlar 2:1 hisobi bilan zafar quchdi. 

Dastlab hisob rimliklar tomonidan ochildi – Under 41-daqiqada jamoasini oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limning 7-daqiqasida Ferreyra oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. 71-daqiqada Fred gol urib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. 

Jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yini 13 mart kuni Rimda bo‘lib o‘tadi. 

Chempionlar ligasi, 1/8 final
Ilk o‘yin

Shaxtyor Ukraina – Roma Italiya 2:1 (0:1, 2:0)

Gollar: 0:1 – 41 Under, 1:1 – 52 Ferreyra, 2:1 – 71 Fred.
Shaxter – Pyatov, Butko, Krivtsov (Ordets, 45), Rakitskiy, Ismaili, Stepanenko, Fred, Marlos, Tayson, Bernard (Kovalenko, 90), Ferreyra.
Roma – Alisson, Florentsi (Bruno Peres, 72), Manolas, Fasio, Kolarov, de Rossi, Strotman, Under (Jyerson, 71), Nainggolan (Defrel, 83), Perotti, Jyeko.
Ogohlantirishlar: Ferreyra (80), Perotti (90), Tayson (90).

Mavzuga oid