Ramzan Qodirovning diniy masalalar bo‘yicha maslahatchisi O‘zbekistondagi islomiy islohotlar haqida (video)
Checheniston Respublikasi rahbarining diniy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Adam Shahidov O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xotirasini ulug‘lash va olim tomonidan amalga oshirilgan ishlarga yuksak baho berishini e'tirof etib o‘z fikrlarini izhor etdi.
- Assalomu alaykum. Bir necha kunlar muqaddam biz chechen xalqi uchun ajoyib bir xushxabarni eshitdik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan Chechenistonning birinchi prezidenti Ahmad hoji Qodirovning ustozi, butun dunyo islom ummatining ulamosi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining nomlariga Toshkent shahrida masjid barpo etilayotgan ekan. Bu barchamizga cheksiz quvonch baxshida etdi.
Shaxsan men hazrat bilan turli xalqaror anjumanlarda, jumladan, Chechenistonda o‘tgan tadbirlarda uchrashganman, ularning suhbatlaridan bahramand bo‘lganman. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning din ravnaqi va istiqboli uchun amalga oshirayotgan ishlarini yuksak baholayman va bu ishlarga muvaffaqiyatlar tilab qolaman.
Mavzuga oid
09:50 / 26.09.2024
Advokat: Zarema Musayevaning salomatligi o‘ta og‘ir darajaga yaqin
21:22 / 19.09.2024
Checheniston sobiq bosh vaziri maktablarda Darvin nazariyasini taqiqlashni talab qildi
16:54 / 02.09.2024
«Siz va bolalaringiz mamlakatga nega keraksizlar?» - Apti Alaudinov qanday qilib Kreml ovoziga aylandi
22:11 / 13.08.2024