Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryodagi avtohalokatda 4 kishi vafot etdi
20 fevral kuni soat 07.10larda Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida 1988 yilda tug‘ilgan T.Shamatov o‘zining «Lasetti» rusumli avtomashinasida avtohalokatga uchradi.
Avtomashina O‘rikli mahallasi hududidan o‘tuvchi «Bishkek-Dushanbe-Termiz» M-41 yo‘lining 1553-km.da harakatlanib ketayotganda haydovchi boshqaruvni eplay olmay, yo‘lning chap tomonidagi ariqqa tushib ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi tarqatgan xabarga ko‘ra, avtomashina haydovchisi T.Shamatov jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan. Uning yo‘lovchilari Z.Mardonova, D.Jo‘rayev, M.Abduxayirova hamda T.Eshmirzayevalar voqea joyida halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
16:37 / 20.05.2025
Surxondaryoda «Termiz muloqoti»ning birinchi yig‘ilishi boshlandi
08:56 / 19.05.2025