Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jarrohlar dunyodagi eng katta bosh miya shishini olib tashlashdi
Hindistonda jarrohlar erkakning bosh miyasidan og‘irligi 1,8 kilogramm bo‘lgan shishni olib tashlashdi. Bu haqda mahalliy The Hindu nashri xabar bermoqda.
Shish 31 yoshli Santal Palda uch yil avval paydo bo‘ldi hamda juda tez o‘sa boshlagan. Bundan oldin erkak uchta shifoxonaga murojaat qildi, biroq hech qaysi shifokor amaliyotni o‘tkazishga rozi bo‘lmadi. U shish tufayli ko‘rish qobiliyatini yo‘qotdi, biroq shifokorlarning umid qilishicha, endi u albatta qaytadi. Shish tashqi aralashuvsiz to‘laqonli falaj va miya zararlanishiga olib kelishi mumkin edi.
«Sog‘lom holatga kelishi – bu vaqt masalasi, biroq bemorning o‘ziga hech narsa xavf solmayapti, - deya xabar berdi neyrojarroh Trimurti Nadkarni. – Bunday tibbiy hodisalar juda muhimdir».
Shifokorlarning ta'kidlashicha, bu shish, katta ehtimol bilan, dunyodagi eng kattasi bo‘lgan. Olti soatlik amaliyot Mumbaydagi shifoxonada 14 fevral kuni bo‘lib o‘tdi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025