Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FA Gvardiolaga ayblov e'lon qildi
Angliya futbol uyushmasi (FA) «Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ustidan intizomiy ish ochdi.
Mutaxassis kataloniyalik siyosatchilarni qo‘llab-quvvatlash ramzi hisoblanadigan sariq lentani kiyimiga taqib yurganlikda ayblanmoqda. Ma'lumki, FA qoidalariga ko‘ra, o‘yin paytida siyosiy va diniy ramzlarni taqib yurish qat'iy taqiqlangan.
Endi Gvardiola bu ayblov yuzasidan 5 mart kunigacha tushuntirish berishi shart.
Ma'lumot o‘rnida, Gvardiola Kataloniyada tug‘ilib, o‘sgan va hududning Ispaniyadan ajralib chiqishi tarafdori hisoblanadi.
Mavzuga oid
15:21 / 02.03.2025
Gvardiola: «Husanov sotib olinganidan juda ham minnatdorman»
13:00 / 02.02.2025
«Husanovni ayblamayman» - Gvardiola va De Bryuyne o‘zbekistonlik himoyachining debyuti haqida gapirishdi
19:35 / 23.12.2024
«Siti»dagi inqiroz. Nimalar bo‘lmoqda va nima qilish kerak?
15:41 / 26.09.2024