Sport | 09:05 / 23.02.2018
7216
2 daqiqa o‘qiladi

Formula-1: “Mersedes” va “Ferrari” yangi bolidlarini taqdim qildi

22 fevralda “Formula-1” poygasining “Mersedes” jamoasi yangi poyga mashinasi – Mercedes-AMG W09 EQ Power+’ni rasman taqdim qildi. Bu bolid Britaniyaning “Silverstoun” trassasida taqdimot marosimi doirasida debyut qildi.

Taqdimotda jamoa poygachilari Valtteri Bottas va Lyuis Xemilton ishtirok etdilar. Ular yangi mavsumda aynan shu bolid bilan ishtirok etadilar. Mashinani trassa bo‘ylab Bottas sinagan, 4 karra chempion Xemilton esa bolidning rasmiy taqdimotida ishtirok etgan.

Foto: Getty Images
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images
Foto: Getty Images

Shuningdek, “Ferrari” ham shu kun o‘zining yangi bolidini namoyish qildi. Mashina SF71H deb nomlandi. Bolidning tashqi ko‘rinishi biroz yangilangan.

SF71H
Foto: Ferrari SpA
SF71H
Foto: Ferrari SpA

O‘tgan mavsumda jamoa 522 ochko to‘plab, muhandislar jadvalida 2-o‘rinni egallagandi. Bu ochkolardan 317 tasini Sebastyan Fettel, 205 tasini Kimi Raykkonen olib kelgan. Yangi mavsumda “Ferrari” poygachilari o‘zgarishsiz qoladi. Jamoaning rivojlantirish bo‘yicha poygachisi Daniil Kvyat bo‘ladi, uchinchi poygachi sifatida Antonio Jovinatstsi ishtirok etadi.

 

Mavzuga oid