Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyada «Spartak» ishqibozlari ishtirokida tartibsizlik: politsiyachi halok bo‘ldi
Bilbaoda Yevropa ligasining 1/16 finali doirasida «Atletik» va «Spartak» jamoalari o‘rtasidagi javob bahsidan avval ishqibozlar o‘zaro to‘qnashuvi yuz berdi. Natijada ispaniyalik politsiyachi halok bo‘ldi.
Inosensio Ariasa Garsia ismli politsiyachi 50 yoshda bo‘lgan, deb xabar bermoqda Marca. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi yurak xuruji tufayli hayotdan ko‘z yumdi, bu rossiyalik ishqiboz tomonidan otilgan mushak portlab ketgani tufayli yuz bergan. Hodisa Bilbaodagi Playya Moyyua maydonida sodir bo‘ldi, bu yerda basklar politsiyasi 200 dan ortiq rus ishqibozini haydab solishga urindi.
«Spartak» bellashuvda «Atletik» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi, biroq uydagi 1:3 hisobidagi mag‘lubiyat tufayli Yevropa ligasini tark etdi.
Bilbao hokimi Xuan Mari Aburto ham rossiyalik ishqibozlar haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
«Bilbaoga qaytmang! Biz sizlarni ko‘rishni xohlamaymiz! Hech qanday tolerantlik. Buni qilgan odam buning uchun narx to‘laydi», - deya yozgan Aburto «tvitter»dagi sahifasida.
Mavzuga oid
17:45 / 31.01.2025
«Roma» «Portu»ga qarshi o‘ynaydi – Yevropa ligasi pley-off bosqichiga qur’a tashlandi
17:20 / 15.03.2024
Yevropa ligasi chorakfinaliga qur’a tashlandi: «Milan» – «Roma», «Liverpul» Italiyaga boradi
00:48 / 17.02.2023
Yevropa ligasi. «Barselona» «MYu»ga qarshi «Nou Kamp»dagi o‘yinda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi
17:36 / 07.11.2022