Jahon | 21:12 / 23.02.2018
32258
2 daqiqa o‘qiladi

Pyongchang-2018: Hokkeyda sensatsiya! Olimpiada tarixida hech qachon kuzatilmagan natija qayd etiladi

Foto: AP

Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida davom etayotgan Qishki olimpiada o‘yinlarining eng ommaviy sport turlaridan biri sanalgan hokkey bo‘yicha yarim final uchrashuvlari o‘tkazildi.

Musobaqaning eng shov-shuvli natijasi shu turga kelib qayd etildi. So‘nggi uchta olimpiada chempioni bo‘lgan Kanada terma jamoasi bu bosqichga kelib, kutilmaganda Germaniya terma jamoasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi — 3:4. Milliy hokkey ligasi (NHL) vakillarisiz tuzilgan aralash tarkibdagi Kanada endi faqatgina 3-o‘rin uchun kurashadigan bo‘ldi.

Ikkinchi yarim finalda Rossiyalik olimpiyachi atletlar Chexiya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratib final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endilikda rossiyaliklar finalda Germaniya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, shu kungacha bu ikki terma jamoa hech qachon olimpiadalarda oltin medalni qo‘lga kiritmagan. Rossiya 1998 yildan buyon ilk marta finalga chiqqan bo‘lsa, Germaniya uchun bu mutlaqo birinchi final bo‘ladi.

Final uchrashuvi 25 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Olimpiada-2018
Hokkey. 1/2 final
Kanada – Germaniya – 3:4 (0:1, 1:3, 2:0)
Chexiya – Rossiyalik olimpiyachi atletlar – 0:3 (0:0, 0:2, 0:1)

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid