Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaga mezbonlik qiladi. AQSh va Rossiya taklif etildi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh, Rossiya va Xitoyni mart oyi oxirida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaga taklif qildi.
Toshkentdagi konferensiya shu yilning 26--27 mart kunlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
«Biz davlatlarni taklif qilishda davlatlarning mintaqadagi vaziyat rivojida tutgan muhim o‘rnini hisobga oldik. Shu tufayli Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi va Qo‘shma shtatlarni global maqomda taklif qildik», degan vazir.
Komilov Pokiston, Eron va Hindiston ham ushbu konferensiyaga mintaqaviy darajada taklif qilinganini qo‘shimcha qilgan.
Bundan tashqari, BMT va Yevropa Ittifoqi vakillari ham konferensiyada ishtirok etadi.
U O‘zbekiston tomoni konferensiyadan keyin Afg‘onistonda siyosiy muloqotlar boshlanajagiga ishonch bildirishini qayd etgan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025