Jahon | 21:40 / 24.02.2018
14917
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Shimoliy Koreya bilan aloqalari bois joriy etilgan sanksiya uchun AQShga e'tiroz bildirdi

Foto: AP

XXR TIV vakili Geng Shuang KXDR bilan aloqadorlikda gumon qilingan Xitoy kompaniyalariga nisbatan joriy etilgan sanksiya munosabati bilan AQShga nisbatan qat'iy e'tiroz bildirishini ma'lum qilgan, deb yozadi RIA Novosti.

Juma kuni AQSh Shimoliy Koreyaning yadroviy va ballistik dasturi doirasida sanksiyalar joriy etilishini e'lon qildi, u KXDR, Xitoy, Singapur, Tayvan kabi davlatlar hisobga olinganda 27 ta kemachilik va transport kompaniyalari, 28 ta kema va butun dunyo bo‘ylab bitta jismoniy shaxsni qamrab oladi. AQSh ma'muriyati vakili jurnalistlarga ushbu sanksiyalar to‘plami «Shu paytgacha Shimoliy Koreya manziliga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalar ichida eng jiddiysi» ekanligini ma'lum qilgan.

«Xitoy tomoni AQSh o‘zining ichki qonunchiligiga asosan Xitoy kompaniyalari va fuqarolariga nisbatan bir tomonlama sanksiyalar e'lon qilinganini keskin qoralaydi. Biz allaqachon Amerika tomoniga qat'iy e'tiroz bildirib bo‘ldik va bu xato harakatlarga zudlik bilan nuqta qo‘yilishini talab qilamiz, toki ikki tomonlama hamkorlikka zarar yetmasligi uchun», — deyiladi Geng Shuang tomonidan e'lon qilingan bayonotda.

Xitoylik diplomat Xitoy hukumati BMT Xavfsizlik Kengashining KXDRga doir barcha rezolyutsiyalariga og‘ishmasdan, to‘liq amal qilib kelayotganini, o‘z zimmasiga olgan barcha xalqaro majburiyatlarni amalga oshirayotganini ta'kidlab o‘tgan.

Xitoyning tashqi siyosat idorasi mamlakat hukumati qonun yo‘li bilan BMT XK rezolyutsiyalariga amal qilmaslik faktlarini bittalab tekshirishi, surishtiruv chog‘ida shunday holatlarga duch kelinsa, ularga nisbatan chora ko‘rilishini ta'kidlab o‘tgan.

Mavzuga oid