Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari o‘zgardi

Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 23 fevraldagi qarori bilan O‘zbekiston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari - Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi.
Endilikda bundan avval O‘zbekiston prezidenti devonining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha sektor mudiri sifatida ishlab kelgan Bahrombek Qahramonovich Odilov ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘zgargani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

14:02 / 29.03.2025
“Tonirovka” uchun jarima: nima o‘zgaryapti?

22:55 / 22.03.2025
Tezlikni oshirishga ruxsat, Temu'ga taqiq va eksportga bojlar - hafta dayjesti

19:36 / 14.03.2025
«Har bir tizimda bunaqalar bor» – IIV mas’uli nopok xodimlar haqida

18:31 / 11.03.2025