Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
79 yoshli saudiyalik 21 kilometrga yugurib Olimpiya qo‘mitasi prezidenti tomonidan taqdirlandi
Foto: Twitter
Shanba kuni bo‘lib o‘tgan 21 kilometrli yarim marafonda 79 yoshli saudiyalik kishining ishtiroki haqiqiy sensatsiyaga aylandi. GulfNews shu haqida xabar berdi.
Saudiya Arabistoni Olimpiya qo‘mitasi prezidenti va Sport boshqarmasi raisi Turkiy Al-Shayx 79 yoshli Xalaf Al-Balaviyga "misli ko‘rilmagan jasorati uchun" 100 ming saudiya rialini topshirdi.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari Al-Balaviyni qat'iyat ramzi sifatida ulug‘lab, yoshlar uchun yaqqol misol deb atashdi.
"U sport mas'ullari tomonidan e'tirofga loyiq. Yaqin yillarda uni yana musobaqalarda ko‘rib qolamiz, deb umid qilamiz", - deb yozadi foydalanuvchilardan biri.
Yarim marafon uch toifani o‘z ichiga olgandi: professional (21 km), havaskor (8 km) va ko‘ngilochar (4 km).
Qirol Saud Universitetida yakuniga yetgan poygalarda yuzlab kishilar ishtirok etishdi. Har bir tofia bo‘yicha ilk o‘n o‘rinni olgan kishilarga mukofot va sovg‘alar topshirildi.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025