Shridevi 54 yoshida olamdan o‘tdi

Hindistonlik kinoaktrisa, to‘liq ismi Shri Amma Yanger Ayyapan bo‘lgan Shridevi 54 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda NDTV telekanali xabar bermoqda.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, o‘lim sababi yurak xuruji bo‘ldi. Bu vaqtda Shridevi Dubayda, qarindoshining nikoh marosimida bo‘lgan.
Hindiston prezidenti Ram Natx Kovind va mamlakat bosh vaziri Narendra Modi aktrisaning yaqinlariga hamdardlik bildirishgan.
Shridevi 4 yoshidan boshlab milliy hind kinolarida suratga tusha boshlagan. U Bollivud filmida 1978 yilda debyut qilgan va tez orada Hindiston kinosining katta yulduziga aylangan. Aktrisa 270dan ortiq kinokartinada rollar ijro etgan, jumladan, «Artist» (Kalaakaar, 1983 yil), «Farzand» (Aulad, 1987 yil) va «Mister Hindiston» (Mr. India, 1987 yil). 1997 yilda u kinodan ketganini e'lon qilgandi, ammo 2012 yilda yana ekranlarga qaytdi. 2013 yili Hindiston hukumati uni Padma Shri mukofoti bilan (bu mamlakatda maqomi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadigan mukofot) taqdirlagandi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Mavzuga oid

17:29 / 16.01.2025
Bollivud yulduzi Saif Ali Xon o‘z uyida pichoqlandi

07:42 / 29.10.2021
Shohruxxonning o‘g‘li giyohvand moddalar ishi bo‘yicha garov evaziga ozod qilindi

08:01 / 15.06.2020
Taniqli hind aktyori o‘z uyida jonsiz holda topildi

10:50 / 23.02.2020