Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTning Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi rezolyutsiyasiga amal qilinmayapti
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an BMT Xavfsizlik kengashining Suriyada o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi rezolyutsiyasiga amal qilinmayotgani haqida ma'lum qildi. U Turkiya bu borada Rossiya hamda Eron bilan muzokara o‘tkazishini qo‘shimcha qilgan.
«BMT Xavfsizlik kengashi qaror chiqardi, ammo ikki kundirki, unga amal qilinmayapti va shafqatsizlarcha o‘t ochish davom etmoqda. Biz bir necha oylardan buyon Sharqiy G‘utadan qariyalar va bolalarni evakuatsiya qilish uchun harakat qilmoqdamiz, ammo bizni hech kim eshitmayapti. Bugun Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali gaplashdim, biz bu masalaning barcha jihatlarini muhokama qildik. Men u ham vaziyatdan tashvishda ekaniga guvoh bo‘ldim. Biz tinchlikka erishish uchun harakatlarni davom ettiramiz. Rossiya va Eron prezidentlari bilan bu borada muzokaralarni davom ettiramiz», degan Erdo‘g‘an jurnalistlar bilan uchrashuvda.
BMT Xavfsizlik kengashi 24 fevral kuni Suriyada 30 kunlik rejimda o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi rezolyutsiya loyihasi bo‘yicha ovoz berdi. Bu rezolyutsiya qurolli to‘qnashuvlar davom etayotgan hududlardan tinch aholi vakillarini hamda yaradorlani olib chiqish, ularga zarur yordamlarni ko‘rsatishni nazarda tutadi.
Rezolyutsiya qabul qilingandan 72 soat o‘tib kuchga kirishi lozim bo‘lgan yarashuv rejimi IShID terrorchilik guruhiga qarshi harbiy operatsiyalarga taalluqli bo‘lmaydi.
Hujjat matniga, shuningdek, mojaroning barcha tomonlari, jumladan, Suriya hukumatiga xalqaro gumanitar huquq me'yorlariga rioya etish talablari kiritilgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
14:56 / 26.05.2025
Suriya rasmiylari: Asad davrida 8 mln kishi kuzatuv ostida bo‘lgan
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
16:19 / 24.05.2025