Turkiya Afringa maxsus topshiriqli bo‘linmalarini kiritdi

© REUTERS / Khalil Ashawi
Turkiya Suriya shimolidagi Afrin hududiga qo‘shimcha kuchlar, xususan, maxsus topshiriqli bo‘linmalarini yo‘lladi. Bu haqda Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Bekir Bo‘zdog‘ ma'lum qildi.
«Afringa maxsus topshiriqli kuchlarimizni kiritdik. Bundan maqsad tinch aholi himoyasini ta'minlash va amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlash hisoblanadi», degan Bo‘zdog‘.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya aviatsiyasining kurdlar pozitsiyalari bo‘ylab zarbalari davom ettiriladi.
Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi 20 yanvar kuni Afrinda «O‘z-o‘zini mudofaa qilish xalq kuchlari» va «Demokratik ittifoq» partiyasiga qarshi «Zaytun novdasi» operatsiyasining boshlanganligi haqida e'lon qildi.
24 fevral kuni BMT Xavfsizlik kengashi Suriyada 30 kun o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi rezolyutsiya loyihasiga ovoz berdi. Ushbu yarashuv rejimi IShID terrorchilik guruhiga qarshi harbiy operatsiyalarga taalluqli bo‘lmaydi.
Turkiya ham Afrinda gumanitar tanaffusga amal qilishdan bosh tortdi.
Rasmiy Damashq Turkiyaning harakatlarini agressiya akti sifatida baholaydi.
Mavzuga oid

13:25 / 18.04.2025
NYT: AQSh Suriyadan 600 nafar harbiy xizmatchisini olib chiqib ketyapti

17:47 / 17.04.2025
Bashar Asad Suriyadan qochish vaqtida o‘zi bilan maxfiy ma’lumotlarni olib ketgan - Reuters

17:08 / 17.04.2025
Suriyada davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi

00:07 / 16.04.2025