O‘zbekiston | 13:17 / 26.02.2018
48128
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston ruxsat berish bo‘yicha qator tartiblarni bekor qilishni rejalashtirmoqda

O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini litsenziyalash jarayonini soddalashtirish va bir qator ruxsat berish tartiblarini bekor qilish mo‘ljallanmoqda.

«Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va biznes yuritish sharoitini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni loyihasi e'lon qilindi.

Hujjatda qayd etilishicha, 1 apreldan boshlab tadbirkorlik faoliyati sohasida litsenziyalanadigan ayrim faoliyat turlari va ruxsat berish tartibi bekor qilinadi. Ularning ba'zilari birlashtiriladi.

Farmon loyihasi bilan shuningdek, tadbirkorlik faoliyati sohasida litsenziya rasmiylashtirish muddati va ruxsat beruvchi xarakterdagi hujjatlar sonini qisqartirish taklif etilmoqda.

Shuningdek, litsenziyalar va ruxsatnomalarni berish funksiyasi respublika davlat boshqaruvi organlaridan hududlardagi davlat boshqaruvi va davlat hokimiyati organlariga o‘tkaziladi.

Farmon bilan litsenziyalar va ruxsat beruvchi hujjatlar ro‘yxati 1 apreldan kamaytiriladi hamda soddalashtiriladi.

Mavzuga oid