Prezident o‘tgan oy davomida bir dollar ham eksport qilmagan tumanlarni tanqid qildi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida joriy yilning ikki oyi davomida tovar va xizmatlarni eksport qilish topshirig‘ini bajarish holati, bu borada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, ularni bartaraf etish, mavjud zaxiralarni aniqlash va to‘liq ishga solish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Ma'lumki, respublikamizda 67ta meva va sabzavotchilikka ixtisoslashgan tumanlar mavjud. «Kun.uz» muxbiri ma'lum qilishicha, yig‘ilishda o‘zining sifatli mahsulotlarini eksport qilish hamda ichki bozorni to‘ldirish uchun tashkil qilingan mazkur tumanlarda ishlar samarali yo‘lga qo‘yilmagani tanqid ostiga olindi.
Prezident Romitan, Koson, Xatirchi, Karmana, Uzun, Shovot, Dang‘ara va yana bir qator tumanlar o‘tgan oy davomida bir dollarlik ham eksport qilmaganiga to‘xtalib o‘tgan.
Joriy yilda meva-sabzavot mahsulotlari eksportini o‘tgan yilga nisbatan 2 barobarga oshirish, buning uchun hududlarda avgust piyozi, sarimsoqpiyoz, to‘qsonbosti ekinlar hosilini o‘z vaqtida va to‘liq yig‘ib olish, ularning eksportga sotishni tashkil etish zarurligi aytildi.
«Yirik eksporter tashkilotlarga qo‘shimcha ekin maydonlarini ajratish, zamonaviy issiqxonalar, muzlatkichli omborxonalar va qayta ishlash korxonalarini tashkil etish zarur», deya ta'kidladi prezident.
Mavzuga oid
15:20 / 14.11.2024
O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzavotlar Britaniya bozoriga eksport qilinadi
12:50 / 04.11.2024
O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari Mo‘g‘ulistonga eksport qilinadi
09:40 / 23.10.2024
O‘zbekistondan Kuvaytga quruq mevalar eksporti hajmi oshiriladi
21:40 / 02.10.2024