O‘zbekiston | 13:54 / 27.02.2018
196420
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonliklar mart oyida necha kun dam oladi?

Foto: iStock

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 28 dekabr kuni «2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmoni asosida Yangi yil, Navro‘z va Mustaqillik bayramlari arafasida ketma-ket 5 kunlik dam olish kunlari belgilangan edi. 

Mazkur farmon asosida mart oyida ham ko‘chirilgan dam olish kuni mavjudligini hisobga olib, amaliyotda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida ushbu masala yuzasidan qisqacha sharh berib o‘tiladi.

Eng avvalo haftadagi ish kunlari soni dam olish kunlariga ta'sir qilishini unutmaslik kerak. Ya'ni 5 kunlik ish haftasidagi xodimlar mart oyida 12 kun dam olishadi, haftasiga 6 kun ishlaydigan xodimlar esa martda 7 kun dam olishadi.

Endi Navro‘z bayrami arafasidagi dam olish kunlariga kelsak. Bunda ham 5 va 6 kunlik ish haftasidagilar uchun dam olish kunlari farqlanishiga guvoh bo‘lamiz.

Haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlar Navro‘z bayrami arafasida quyidagi 5 kunda dam olishadi:

18 mart – yakshanba;

19 mart – ko‘chirilgan dam olish kuni (dushanba);

20 mart – qo‘shimcha dam olish kuni (seshanba);

21 mart – Navro‘z bayrami (chorshanba);

22 mart – ko‘chirilgan dam olish kuni (payshanba).

Izoh: 17 va 24 mart – shanba kunlari haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun rasman ish kuni bo‘ladi.

Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlar Navro‘z bayrami arafasida quyidagi 3 kunda dam olishadi:

18 mart – yakshanba;

20 mart – qo‘shimcha dam olish kuni;

21 mart – Navro‘z bayrami.

Izoh: haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlar 19 mart (dushanba) va 22 mart (payshanba) kunlari ishga chiqishlari lozim.

Xushnudbek Xudayberdiyev, huquqshunos

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid