Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib beradi
Tojikiston joriy yilning mart oyi oxiri yoki aprel oyi boshida O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib bera boshlaydi. Tojikiston elektr energiyasining qo‘shni mamlakatga eksport qilinadigan umumiy hajmi yiliga kamida 1,5 mlrd. KVt/soatni tashkil etadi. Bu haqda Tojikiston hukumatidagi manbaga tayangan holda «AP» xabar bermoqda.
Bugungi kunda Dushanbe va Toshkent Tojikiston elektr energiyasini O‘zbekistonga yetkazib berish narxi bo‘yicha kelishib oldi.
Yozda O‘zbekiston Tojikiston elektr energiyasini bir kilovatt uchun ikki sentdan xarid qiladi, qishda – bir kilovatt uchun 2,5 sentdan.
«Tojikiston qo‘shni mamlakatga elektr energiyasi yetkazib berishni istalgan paytda boshlashi mumkin, ammo O‘zbekiston janubini Tojikiston bilan bog‘laydigan 60 kilometrlik elektr uzatish liniyalarini tiklash va Tursunzoda shahridagi tegishli ishlar hali tugallanmagan, biroq bu yo‘nalishdagi ishlar jadallashmoqda», - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
18:54 / 28.09.2024
Rossiyada O‘zbekiston fuqarolariga pasport olishda noqonuniy yordam bergan jinoiy guruh ushlandi
10:00 / 22.09.2024
Andijon va Xorazm viloyatlarida energiya resurslaridan noqonuniy foydalangan korxonalar aniqlandi
22:34 / 11.09.2024
Tojikiston muftiysi hujumga uchradi
21:41 / 10.09.2024