O‘zbekiston | 18:30 / 28.02.2018
26145
2 daqiqa o‘qiladi

Eksportga chiqarilmagan va ichki bozorda xaridor topilmagan gilosning 1 kilogrammi uchun 3 ming so‘m to‘lanadi

16 fevral kuni «O‘zbekoziqovqatholding» kompaniyasi tomonidan meva-sabzavot mahsulotlarini kelajakda qayta ishlash va uning eksportini oshirishdagi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. 

Unda holding kompaniyasi, «O‘zagroeksport» AJ, meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi korxona vakillari, tegishli boshqarma va bo‘linmalar, shuningdek, qator fermer dehqon va tamorqa xo‘jaliklari, logistika markazlarining rahbarlari hamda mas'ul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida eksportga yo‘naltirilmagan gilosni qayta ishlash uchun yuborish dolzarb ekani ta'kidlandi.

Jumladan, ichki bozorda ham o‘z xaridorini topa olmaydigan gilos mahsulotlarini endilikda «O‘zbekoziqovqatholding» tarkibidagi «O‘zagroeksport» AJ dehqon, fermer va tomorqa xo‘jaliklaridan f'yuchers (oldindan pul o‘tkazish) - shartnomalari asosida harid qilib oladi.

Bu orqali, birinchi navbatda, mahsulotning isrof bo‘lishi oldi olinadi, qayta ishlangan mahsulot eksportga yo‘naltiriladi va dehqonlar uchun qo‘shimcha daromad manbai sifatida xizmat qiladi.

Davra suhbatida mas'ullar va mahsulot yetishtiruvchilar o‘rtasida savol-javoblar hamda qator takliflar yuzasidan qizg‘in bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi.

Yakunda 2018 yil gilosni qayta ishlash uchun 1 kilogramiga 3 000 so‘m narx belgilash maqsadga muvofiq deb topildi. 

O‘z navbatida, ushbu xaridlar amalga oshirilishini ta'minlash bo‘yicha mas'ul ishchi guruhi tuzilib, murojaatlar uchun: +99871 129 59 59 telefon raqami hamda www.oziq-ovqat.uz[email protected] elektron manzili e'lon qilindi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid