Jahon | 09:19 / 28.02.2018
4794
1 daqiqa o‘qiladi

Suriyada aviazarba natijasida kamida 24 kishi halok bo‘ldi – OAV

Foto: Marine Corps/Reuters

AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning Suriyadagi Dayr-az-Zor yaqiniga berilgan aviazarbasi vaqtida kamida 24 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy SANA agentligi fuqarolar orasidagi manbalarga asosan xabar qildi.

Agentlik xabariga ko‘ra, koalitsiya samolyotlari Dxaxrat al-Alluniy tumaniga bir necha zarbalar bergan. Manbalar oddiy aholi orasidan kamida 24 kishi halok bo‘lganini ma'lum qilishdi. Shuningdek, jarohat olganlar ko‘pligi aytilmoqda, ularning aniq soni keltirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Britaniya AQSh bilan birgalikda Suriyada aviazarbalar berishni boshlash imkoniyatini jiddiy tarzda ko‘rib chiqayotgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid