Jahon | 19:10 / 28.02.2018
8659
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada teleboshlovchining mojaroli bayonoti tufayli surishtiruv boshlandi

Foto: Fotolia

Istanbul prokuraturasi Akit TV telekanali boshlovchisi Ahmad Keserning turk hukumati raqiblariga nisbatan provokatsion bayonoti tufayli surishtiruv boshladi. Bu haqda Turkiyadagi hukmron Adolat va rivojlanish partiyasi rahbari o‘rinbosari Mohir Unal ma'lum qilgan.

Avvalroq Keser Akit TV efirida Turkiya qurolli kuchlarining Afrindagi amaliyoti davomida tinch aholi vakillari halok bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etib, shunday degandi: "Agarda biz tinch aholini o‘ldirishga qaror qilganimizda, unda Jihongir, Etiler, Nishontoshi (Istanbuldagi asosan hukumatga muxolif kayfiyatda bo‘lgan turklar yashovchi tumanlar – tah.), shuningdek, sotqinlar bo‘lgan parlamentdan boshlar edik".

Bu bayonot Turkiyada katta mojaroga sabab bo‘ldi. Muxolifat vakillari uni yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan, deb atadi hamda surishtiruv o‘tkazish talabi bilan chiqdi.

"Bu qabul qilib bo‘lmaydigan va tushunarsiz bayonot. Istanbul prokuraturasi bu odamga nisbatan surishtiruv boshladi, bu ochiqdan ochiq provokatsiya. Kim unga alohida guruhlarni nishonga olish huquqini berdi, uning o‘zi kim? Bu mamlakat birdamligiga zarar yetkazish. Biz buni shunday qoldirmaymiz", - deya aytib o‘tdi Unal NTV telekanali efirida.

Akit TV rahbariyatining yozma murojaatida aytilishicha, ular Keser bayonotini ma'qullamaydi, boshlovchining o‘zi esa ishdan bo‘shab ketgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid