Yoshlar ittifoqi jamoasi «Andijon»ga yutqazdi
Andijon shahrida 22 fevral kuni boshlangan an'anaviy «Hokim kubogi» turniri bugun, 1 mart kuni o‘z yakuniga yetdi.
Bu yilgi musobaqalarda vodiy viloyatlarining Pro-liga va viloyat birinchiliklarida qatnashayotgan 12ta jamoasi ishtirok etdi.
Viloyat hokimligi va viloyat futbol federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan bahslar Bo‘ston dahasidagi «Andijon» futbol klubi qoshidagi futbol maktabi o‘yingohi hamda Sho‘rbuloqdagi futbolga ixtisoslashgan maktab-internatining maydonlarida bo‘lib o‘tdi.
Final bahsida mezbon viloyatning bosh jamoasi bo‘lgan «Andijon» klubi, Yoshlar ittifoqining «Iftixor» jamoasiga qarshi to‘p surdi.
Ko‘plab muxlislar qarshisida o‘tgan final uchrashuvida «Andijon» jamoasi mehmonlar ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
E'tiborli jihati, Yoshlar Ittifoqi jamoasi tarkibida ikkinchi bo‘limda Rafa Luka harakat qildi.
Taqdirlash marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari Serobiddin Ismoilov har ikki jamoani ajoyib o‘yinlari bilan qutlab, esdalik sovg‘alari topshirdi. G‘olib jamoaga Hokim Kubogi bilan taqdirlandi.
Andijon hokim Kubogi-2018, FINAL
«Andijon» - «Iftixor» 1:0
Gol: Davron Isoqov.
Andijon: Javohir Qilichev, Xushnud Avilov, Qahramon Mahamadjonov, Siroj Hamroyev, Ibrohim Otaxonov (S), Shahboz Jumaboyev, Eldor Boymatov, Sunnatilla Mamadaliyev (Ma'ruf Zokirjonov), Sunnatulla Abdullajonov, Kenja To‘rayev (Obid Hakimov), Davron Isoqov.
Iftixor: Ilhom Jumanov, Hasanboy Ergashev, Tursunboy Husanov, Muhiddin Yusupov, Asror Tilavoldiyev, Renat Muxametshin, Saidjon Abdujabborov, Orif Mamajonov, Umid Matmusayev (Jasur Quvvataliyev), Asad Ma'murov (Rafa Luka), Oyatillo Muhiddinov.
Mavzuga oid
19:44 / 26.09.2024
“Odamlar qiynalyapti” - Andijonda sel oqizib ketgan ko‘prik qachon tiklanadi?
16:57 / 19.09.2024
Andijonda elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkordan 20 mln so‘m olgan ETK muhandislari ushlandi
10:00 / 13.09.2024
Xitoy Andijonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
20:05 / 12.09.2024