Jahon | 08:49 / 01.03.2018
5525
1 daqiqa o‘qiladi

Polshada yakshanba kunlari savdo qilish taqiqlandi

Foto: Kacper Pempel/Reuters

Polshada 1 martdan yakshanba kuni savdo qilishni taqiqlovchi qonun kuchga kirdi. Bu haqda Wyborcza yozmoqda.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, taqiq asta-sekin joriy etilmoqda hamda avvaliga bir oydagi faqat ikki yakshanbaga aloqador bo‘ladi. 2020 yildan yakshanba kunlari savdo qilish butunlay taqiqlanadi, bunda yildagi yettita dam olish kuni istisnoga aylanadi.

Qonunni buzish uchun jarima 100 ming zlotiyga qadar yetishi mumkin, takroriy qonunbuzarlikda esa – 1 mln zlotiygacha.

Biroq, qonunchilik chorasi savdo markazlaridagi biznesga zarba beradi. Gazetaning PwC tahlilchilari hisob-kitoblariga asosan yozishicha, shu sababdan ijara bo‘yicha tuzilgan shartnomalarning 30 foiziga qadarini qayta ko‘rib chiqish kerak.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid