Jahon | 09:54 / 01.03.2018
9163
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Qozog‘istonga Boyqo‘ng‘irdagi ikkita uchirish maydonchasini beradi

Foto: RIA Novosti/Oleg Urusov

Qozog‘iston Rossiyadan Boyqo‘ng‘ir kosmodromida «Zenit» raketalari uchun uchirish maydonchalarini may oyi oxiriga qadar bepul ravishda oladi.

Bu haqda «Izvestiya» Qozog‘iston Mudofaa va aerokosmik sanoati vazirligining aerokosmik qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Galimjan Danbayevga asosan xabar bermoqda.

«Rossiya Federatsiyasidan «Zenit-M» kosmik raketa majmuasi yer usti infratuzilmasi obektlarini topshirish 2018 yilning may oyida yakunlanadi», - deya aytib o‘tdi u.

Rossiya yer usti kosmik infratuzilma obektlaridan foydalanish markazida ushbu ma'lumot tasdiqlandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid